Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumot saqlanadi
- Akkaunt: ism, email (agar kiritsangiz), parolning qaytarib bo'lmaydigan xeshi (parolning o'zi saqlanmaydi), ulangan Telegram (raqamli id, username, ism) va Google (id, email, ism) ma'lumotlari.
- Kirish sessiyalari: IP manzil va brauzer turi — xavfsizlik uchun, 30 kun.
- Balans va ishlar: fayl nomi, davomiyligi, sanasi, sarflangan daqiqalar — hisob-kitob uchun.
- Natijalar: tayyor subtitr va matn Kabinetingizda 7 kun saqlanadi, keyin o'chiriladi.
Audio va video
Video fayl kompyuteringizdan chiqmaydi: brauzer undan faqat ovozni ajratib yuboradi. (Brauzer formatni o'qiy olmasa, roziligingiz so'raladi va fayl yuboriladi.) Ovoz faqat subtitr tayyorlash uchun ishlatiladi, ishlov tugashi bilan o'chiriladi, boshqa maqsadlarda, jumladan modelni o'qitishda ishlatilmaydi. Telegram botga yuborilgan fayllar ham saqlanmaydi.
Qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverda saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Bot himoyasi uchun Cloudflare Turnstile ishlatiladi (brauzer haqidagi texnik belgilar, faqat shu maqsadda).
Akkauntni o'chirish
Akkauntingizni va unga tegishli barcha ma'lumotlarni o'chirish uchun quyidagi manzilga yozing.
Aloqa
Savol, taklif yoki muammo bo'lsa, bog'laning:
@shakhzodbek_yuldoshov · +998 90 139 13 31 · Email: shahzodyoldoshov10@gmail.com